Линклар

logo-print
Antivirus dasturlar ishlab chiqaruvchi “Kasperskiy laboratoriyasi” josuslik maqsadlarida ishlatilgan xalqaro elektron tarmoqni fosh etdi.

“Red October” (Qizil oktyabr) deb nomlangan tarmoq 2007 yilda ishga tushirilgan va bir nechta mamlakatda joylashgan hakerlar tarafidan ishlatib kelingan.

Kiberjosuslikka mo‘ljallangan tarmoq asosan diplomatik tashkilotlar, hukumat idoralari va ilmiy-tadqiqot korxonalarini nishonga olgani aytilmoqda.

“Kasperskiy laboratoriyasi” hisobotiga ko‘ra, “Red October” tarmog‘i 30 dan oshiq ko‘rinishga ega virus yordamida zaharlargan kompyuterlardan bir qancha terrabayt maxfiy ma‘lumot yuklab olishga muvaffaq bo‘lgan.

Hisobotda aytilishicha, viruslarning tuzilishi va ularda ishlatilgan kalit so‘zlar ularni ishlab chiqishda rossiyalik hakerlar ham ishtirok etganiga ishora etmoqda.
XS
SM
MD
LG