Линклар

Bugun, 15 yanvar kuni o‘zbekistonlik tennischilar Denis Istomin va Oqgul Omonmurodova Avstraliyada o‘tayotgan “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Australian Open turniridagi birinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazishadi.

Dunyo reytingida 46-o‘rinni egallagan Istomin ushbu reytingda 70-o‘rindagi gollandiyalik tennischi Igor Siyslinga qarshi kortga chiqadi.

Ayollar bellashuvlarida esa Omonmurodova frantsiyalik Matilda Yuxanson bilan kuch sinashadi.

Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tadigan Australian Open turniri “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi to‘rt turnirning biridir. Uning bu yilgi mukofot fondi qariyb 12 million AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG