Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:06

So‘xda benzin tugadi


So‘x tumani 5-7 yanvar kunlardagi chegara mojarosidan beri qamalda qolayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hukumati mojaro yuz berganini inkor qilmoqda.
So‘x tumani 5-7 yanvar kunlardagi chegara mojarosidan beri qamalda qolayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hukumati mojaro yuz berganini inkor qilmoqda.
O‘zbekistonning bir haftadan beri qamalda yashayotgan So‘x eksklavidan 14 yanvar, dushanba kuni shunga o‘xshash xabarlar olindi. Yana bir xabarga qaraganda, tumandagi ba‘zi qishloqlar do‘konlarida ikki-uch kun avval qimmatlab ketgan un ham sotilib bitgan. Tuman markazi bozorida esa, mahsulotlar miqdori va assortimenti keskin qisqargan. O‘zbekiston rasmiylarining So‘x muammosi yuzasidan pozitsiyasi hech qanday shaklda matbuotda aks etmayapti. Biroq ayni paytda Qirg‘iziston prezidenti mazkur masala yuzasidan bayonot berdi.


Hushyorga hujum bo‘lgani yo‘q


Dam olish kunlari Qirg‘izistondagi ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan “10 yanvar kuni kechqurun so‘xliklar Hushyor qishlog‘ida yashovchi vatandoshlariga hujum qildi, natijada 30 dan ziyod uyga zarar yetdi” degan xabarni so‘xliklar keskin inkor etdi.

Ozodlik: So‘xliklar hushyorliklarni kaltaklab keldi, degan xabar paydo bo‘ldi shanba kuni.

- yolg‘on hammasi. Yolg‘on, dedi tuman markazida istiqomat qiluvchi Ismoiljon.

Unga berilgan savolni So‘xning Haydarkon shahri yo‘nalishida chegaraga yaqin joylashgan Chashma qishlog‘ida yashaydigan Mansurga ham berdik.

- Bu yo‘q, bu bo‘lmagan gap. Men o‘zim chiqdim. Tanishlari bor edi. So‘rab kelasizku tinchlikmi, u yoq bu yoq. Ko‘nglini so‘rab kelasizu. O‘shanga chiqaman, gap-so‘z yo‘q. Hushyorda ammo machitlarda, mahallalarda yig‘ilishlar ketayapti. Odamlarni tartibga chaqirishayaptida, dedi chashmalik Mansur.


Yo‘l ochilishidan darak yo‘q


Ravonlik Ismoiljonning aytishicha, So‘xni O‘zbekistonning asosiy hududi bilan bog‘laydigan Qirg‘izistonning Botken viloyatidan o‘tadigan yo‘lni ochish haqida hali gap bo‘lgani yo‘q.

- O‘o‘l hali ochilmaydi ekan. Hukumat aytayaptida. Qirg‘izistondan berkku. 21 yanvarda uchrashuv bo‘lar ekan. Ungacha hali 7 kun bor. Odamlar aytayapti. Hamma aytayapti, deydi Ismoiljon.

Biz bog‘langan boshqa so‘xliklarda ham vaziyat yuzasidan biron bir rasmiy ma‘lumot yo‘qligi, hamma mish-mishlar bilangina yashayotgani diqqatimizni tortdi.


Magazinda un tugab qoldi


So‘xning Chashma qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Mansurning aytishicha, oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi narxlarning oshishiga va so‘xliklar orasida sarosimaga sabab bo‘lgan.

- Bir qop un 42 ming edi. Ikki kun oldin chiqsam, 60 ming turibdi. Qimmatlashtirib yuboribsizlar deb xullas gaplashib, ketdim. Ishga borib ishdan qaytib kelsam, uje yo‘q un haligi magazinda. “Un yo‘qmi?” desam, talavorishdi odamlar deyishdi, deydi Mansur.

So‘xlik do‘kondorlardan biri o‘tgan haftada tovar zahiralari bir haftagagina yetishi mumkinligi to‘g‘risida aytgan edi.


Qimmatlagan benzin ham tugadi


O‘tgan hafta oxirida So‘xda bir litr benzin narxi 3 dollarga ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar qilgan edik.

Mansurning aytishicha, endilikda yonilg‘i mutlaqo tugagan.

- Qolmagan. Bir gramm ham benzin yo‘q hech qayerda.

Ozodlik: Benzinning narxi 3 dollarga chiqdi deyishdi.

- Yo‘q, hozir benzin yo‘q. Biz ham piyoda yuribmiz. Mashina turibdi uyda.

Ozodlik: Benzin siz yashayotgan Chashmadagina yo‘qmi yoki So‘xning boshqa hududlarida ham yo‘qmi?

- Yo‘q, So‘xda yo‘q umuman. Hech qayerda yo‘q, deydi Mansur.

Rossiyadagi so‘xliklar yo‘lga chiqolmay o‘tiribdi

So‘xliklarning qalin qatlami o‘zbekistonlik boshqa vatandoshlari qatori keyingi yillarda tirikchiligini Rossiyada o‘tkazmoqda.

Ular shu kunda So‘x bilan bir kunda bir necha bor bog‘lanib turibdi. Novosibirskda ishlab yurgan ravonlik Mo‘minjonning aytishicha, u So‘x bilan

- Bir-ikki soat oldin gaplashdim.

Ozodlik: Nima yangilik topdingiz ikki soat gaplashib?

- Hali ham hech qayerga chiqa olmayapti xalq. Blokadada. Qimmatchilik hamma yoq deyapti. Benzin umuman yo‘q ekan. Bozorlar ham bo‘m-bo‘sh, hech narsa yo‘q deyapti. Umuman yo‘qmasu oz deyaptida hamma narsa.

Ozodlik: Yo‘l ochilishi haqida nima deyishayapti ekan odamlar?

- Yo‘lga hech kim biror narsa deya olmayapti. Mana ochiladi, mana ochilayapti. Bir xillari ochilmasa ham kerak deyapti. Mana shu nimadan ham bir necha odam ketmoqchi. O‘ylanib turibdida. Novosibirskdan ketmoqchida bolalar. Hammasi qarab turibdi. Borish builan baribir Farg‘onadami Rishtondami qolish kerak. Borib nima qilamiz deb turibdi hozir, dedi Mo‘minjon.


Nima bo‘lgan edi?


5 yanvar kuni Qirg‘iziston chegarachilari ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib turganytilayotgan hududga simyog‘ochlar o‘rnata boshlaganiga So‘x anklavidagi Xushyor qishlog‘i aholisi norozilik bildirgan edi.

6 yanvar kuni bu norozilik qirg‘iz chegarachilarini o‘q uzishga majbur qilgan va har ikki tomondan odamlar garovga olingan katta janjalga aylandi.

7 yanvar kuni janjalning keskin fazasi to‘xtatilgan.

O‘shandan beri So‘x anklavi qamal holatida. Qirg‘iziston rasmiylari ko‘rilgan moddiy zarar to‘lanmagunicha yo‘llarni ochmasligi to‘g‘risida bayonot bergan.
XS
SM
MD
LG