Линклар

Australian Open: O'zbek tennischilari turnirni g'alaba bilan boshlashdi


O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin London Olimpiadasida. 1 avgust 2012 yil, London.

O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin London Olimpiadasida. 1 avgust 2012 yil, London.

Bugun, 15 yanvar kuni o‘zbekistonlik tennischilar Denis Istomin va Oqgul Omonmurodova Avstraliyada o‘tayotgan “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Australian Open turniridagi birinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

ATP dunyo reytingida 46-o‘rinni egallab turgan Istomin ushbu reytingda 70-o‘rindagi gollandiyalik tennischi Igor Siyslinga qarshi kortga chiqib¸ 3-1 (4-6¸ 6-3¸ 6-4¸ 6-2) hisobida g‘alaba qozondi.

Denis Istomin keyingi bosqichda ATP reytingida 26-pog'onadagi italiyalik Andreas Seppiga qarshi kortga chiqadi.

Ayollar bellashuvlarida esa WTA (Ayollar tennis assotsiatsiyasi) dunyo reytingida 199-o'rindagi Omonmurodova ushbu reytinga 88-pog'onadagi frantsiyalik Matilda Yuxanson bilan kuch sinashib¸ 2-0 (6-4¸ 6-2) hisobida g‘alaba qozondi.

Omonmurodova keyingi bosqichda dunyo reytingida 16-o'rinda bo'lgan italiyalik Roberta Vinchiga qarshi kortga chiqadi.

Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tadigan Australian Open turniri “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi to‘rt turnirning biridir. Uning bu yilgi mukofot fondi qariyb 12 million AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG