Линклар

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 25 yashar o‘yinchisi Vitaliy Denisov Dnepropetrovskning “Dnepr” jamoasidan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tdi. Klub rahbariyatiga ko‘ra¸ iqtidorli futbolchi bilan shartnoma 3 yilga imzolangan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 25 yashar o‘yinchisi Vitaliy Denisov Dnepropetrovskning “Dnepr” jamoasidan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tdi. Klub rahbariyatiga ko‘ra¸ iqtidorli futbolchi bilan shartnoma 3 yilga imzolangan.

Dushanba kuni Moskvaning yetakchi futbol jamoalaridan biri sanalgan “Lokomotiv” O‘zbekiston terma jamoasi o‘ng himoyachisi Vitaliy Denisov bilan 3 yillik kontrakt imzoladi.

Bu haqda Ozodlik muxbiriga qo‘shimcha ma‘lumot bergan klubning matbuot-attashesi Andrey Lyalin o‘zbekistonlik futbolchi allaqachon Moskvaga yetib kelganini aytdi:

- Jamoamiz hozirda Moskvada mashq olib borayapti. Keyingi seshanbaga komanda Birlashgan Arab Amirliklariga asosiy mashqlarni o‘tkazish uchun jo‘nab ketadi. Vitaliy esa allaqachon jamoa bilan: bugun komanda bilan birinchi mashq jarayonida ishtirok etdi. Men u bilan kecha suhbatlashgan edim¸ kayfiyati zo‘r, yangi jamoada o‘zini ko‘rsatishga barcha imkoniyatlarini ishga solishga harakat qilishini bildirdi, deydi Ozodlik muxbiriga “Lokomotiv” rasmiysi Andrey Lyalin.

Futbol mutaxassislari tomonidan o‘z bilganidan qaytmasligi va oxirigacha kurashish qobiliyatiga egaligi uchun “Sheryurak” laqabiga sazovor bo‘lgan Vitaliy Denisov 2007 yildan buyon Ukrainaning nomdor “Dnepr” jamoasida to‘p surib keldi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi sport maktabi tarbiyasini olgan 25 yoshli Vitaliy o‘z otasi – mashhur o‘zbek futbolchisi Gennadiy Denisov kabi himoyachi sifatida nom chiqardi. U Moskvaning Markaziy harbiy sport klubi (TsSKA)da, Nijniy Novgorodning “Spartak”, Toshkentning “Paxtakor”, Moskvaning “Akademik” jamoalarida o‘ynagan.

“Lokomotiv" rasmiy vakili Andrey Lyalin Denisovning “Dnepr” bilan shartnomasi yakuniga yetkanidan keyin uning uchun inglizlarning bir nechta klubi, jumladan “Liverpul”, nemislarning “Verder” jamoalari kurashganini ma‘lum qildi.

“Lokomotiv” vakilidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, Denisovdan tashqari o‘zbekistonlik futbolchilardan Vladimir Maminov, Oleg Pashinin va Aleksey Polyakovlar bu jamoa tarkibiga musobaqalarda ishtirok etgan.

2006 yildan buyon Denisov futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan sanaladi. 2007 yilda O‘zbekiston sharafini oltita o‘yinda himoya qilgan va shu yili “Yil futbolchisi” unvoniga ega bo‘lgan.

Shu kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakillaridan Maxachqal‘aning “Anji”sida Odil Ahmedov, Vladikavkazning “Alaniya”sida Sanjar Tursunov, Nijnekamskning “Nefteximigida” Vagiz Galiulin muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

“Sheryurak” Vitaliy Denisov 2004-2005 yillarda TsSKA tarkibida ham Rossiya kubogi, ham UYEFA kubogi sohibi bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG