Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:18

O‘zbekistonda o‘tgan yili 123 ming dona Chevrolet avtomobili sotilgan


Avtomobillar ishlab chiqaruvchi GM-Uzbekistan AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi 2012 yilda O‘zbekiston ichki bozorida jami 123 ming dona avtomobil sotgan.

Bu haqda General Motors kontserni ma‘lum qildi.

Ushbu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Chevrolet avtomobillari muvaffaqiyatli sotilayotgan o‘nta bozor ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi (2011 yilda 8-o‘rin).

Mazkur ro‘yxatda birinchi o‘rinni AQSh (1 mln. 850 ming avtomobil sotilgan), ikkinchi o‘rinni Braziliya (643 ming), uchinchi o‘rinni Xitoy (627 ming), to‘rtinchi o‘rinni Rossiya (205 ming avtomobil sotilgan) egalladi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2007 yilda UzDeuAvto korxonasi o‘rnida tashkil etilgan. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 ming dona avtomobilni tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG