Линклар

Rossiya jinoyat olamida Ded Hasan laqabi bilan tanilgan Aslan Usoyan bugun Moskva markazida o‘ldirib ketildi.

Usoyan “Karetniy dvor” restoranidan chiqqan payt noma‘lum shaxs unga qarata o‘q uzgan. U kasalxonaga olib kelinganidan o‘n minut o‘tib jon bergan.

Qotillik sabablari o‘rganilmoqda. Aslan Usoyan Rossiya jinoyat olamining eng tanqili namayondalaridan bo‘lgan.

U mamlakat janubiy hududidagi jinoiy guruhlarni nazorat qilib kelgan. Usoyan hayotiga bir necha marta tajovvuz qilingan. So‘nggi bor u 2010 yilda suiqasddan omon qolgandi.
XS
SM
MD
LG