Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:41

So‘xliklar qirg‘izistonliklarga 56 ming dollar tovon puli to‘ladi


O‘zbekiston So‘x voqeasida moddiy ziyon ko‘rgan qirg‘izistonliklarga 56 ming dollar tovon puli to‘lab berdi.

Qirg‘iziston hukumatining Botkendagi vakolatxonasi tarqatgan xabarda aytilishicha, tovon puli so‘xliklar tomonidan pachoqlangan qirg‘izistonliklarga tegishli 12 ta avtomashina uchun to‘langan. Tovon puli har bir mashina egasiga topshirilgan. Shundan so‘ng o‘zbek va qirg‘iz rasmiylari tovon puli to‘langani to‘g‘risidagi protokolni imzolagan.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr tarmog‘iga va aholining uy-joylariga keltirilgan ziyon uchun yana taxminan 8 ming dollar zararni qoplashi aytilmoqda.

17 yanvar kuni Qirg‘iziston parlamentida So‘x voqeasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

5 yanvar kuni Qirg‘iziston chegarachilari o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi bahsli ekani aytilayotgan hududga simyog‘ochlar o‘rnatganiga So‘x anklavining Xushyor qishlog‘i aholisi norozilik bildirgan edi. Oqibatda norozilik 6-7 yanvar kunlari Qirg‘iz chegarachilarini o‘q otishga majbur qilgan va xushyorliklar tomonidan 30 qirg‘izistonlik garovga olingan katta janjalga aylangan edi.
XS
SM
MD
LG