Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:51

AQSh “Manas” bazasida qolish yuzasidan so‘zlashuv olib bormoqda


AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleyk Bishkekda Qirg‘iziston rahbarlari bilan muzokara olib bormoqda. AQSh harbiylarining Bishkekdagi “Manas” tranzit markazidan foydalanish muddatini uzaytirish muzokaralardagi asosiy masala ekani aytilmoqda.

17 yanvar kuni Bishkekda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida Robert Bleyk Qirg‘iziston rahbarlari bilan olib borilayotgan muzokaralar qanday natija bilan tugashi haqida avvaldan o‘z fikrnini bildira olmasligini aytdi:

- Biz Manas tranzit markazining kelajagi borasida Qirg‘iziston Respublikasi bilan muzokaralarni davom ettirayapmiz. Biroq men so‘zlashuvlar natijasi haqida oldindan fikr bildirishni xohlamayman, deya bayonot berdi AQSh rasmiysi.

Matbuot anjumanida Robert Bleykka "Qo‘shma Shtatlar Qirg‘izistonda “Manas” kabi yangi tranzit markazi qurishi mumkinmi?" degan savol berildi.

AQSh mulozimi Qirg‘izistonda yangi tranzit markazi tashkil etish 2014 yildan keyin Afg‘onistonda AQShning qancha askari qolishi xususida Kobul rasmiylari bilan olib borilayotgan muzokaralarga bog‘liq ekanini aytdi:

- Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay o‘tgan hafta AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi. Ular Qo‘shma Shtatlar va Afg‘oniston o‘rtasida xavfsizlik masalasida olib borilayotgan muzokaralar jarayonini muhokama qilishdi. Ikki tomonlama muzokaralar tugaganidan so‘ng¸ Afg‘onistonda 2014 yildan keyin AQShning qancha askari qolishi ma‘lum bo‘ladi, dedi AQSh Davlat kotibi yordamchisi.

Robert Bleyk 2012 yilda Vashington “Manas” tranzit markazi ijarasi, soliqlar va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida Bishkekka 200 million dollar o‘tkazganini bildira turib¸ bu Qirg‘izistonga ko‘rsatilaëtgan ërdamning hammasi emasligini ta‘kidladi:

- Biz Qirg‘iziston prezidenti bilan AQShning Qirg‘iziston respublikasiga boshqa yordam dasturlarini ham muhokama qildik. O‘tgan yil bunday yordam 40 million dollardan oshdi. 1992 yildan beri 1,3 milliard dollarni tashkil qildi.

Xabarlarga ko‘ra, chorshanba kuni prezident Atambayev Bleykka 2014 yilgacha hech qanday harbiy qism yoki harbiy qurilmalar qolmasligi kerakligini aytgan.

NATO Afg‘onistondagi xalqaro kuchlarga zaruriy ta‘minotni yetkazish uchun “Manas” tranzit markazidan foydalanib kelmoqda.

Ayni paytda¸ Qirg‘iziston shimolidagshi Kant shahrida Rossiyaning harbiy bazasi joylashgan.
XS
SM
MD
LG