Линклар

Barak Obama yakshanba kuni rasman ikkinchi muddatga AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi.
U Oq uyda o‘tkazilgan chog‘roq marosimda qasamyod qabul qildi. Undan sal oldinroq AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden ham qasamyodga keltirilgandi.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, bu Obamaning birinchi prezidentlik muddati tugaydigan 20 yanvar kuni sodir bo‘lishi kerak edi.
Obamaning inauguratsiyasi munosabati bilan ko‘lamli tantanalar dushanba kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldida o‘tkazilajak marosimda, ma‘lumotlarga ko‘ra, sakkiz yuz mingga yaqin kishi ishtirok etishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG