Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulotlarida qatnashish uchun 21 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketdi.

O'zbekiston futbol federatsiyasining ma'lum qilishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 21 yanvardan 2 fevralgacha davom etadigan yig'inga jami 27 futbolchini jalb etgan.

Milliy terma jamoa yig'in doirasida 1 fevral kuni Dubay shahrida Ozarbayjon termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Qolgan o'rtoqlik uchrashuvlari haqidagi ma'lumot keyinroq berilishi aytilmoqda.

BAAga safari oldidan, 19 yanvar kuni terma jamoa Toshkentda yig'in o'tkazgan edi. Yig'inda olingan fotosuratlar to'plami bilan O'FF saytida tanishishingiz mumkin.

Eslatamiz, futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 6 fevral kuni Toshkentda Gongong termasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin Osiyo Kubogi-2015 saralash "E" guruhi birinchi turi uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tadi.

Mirjalol Qosimov shogirdlarining 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi navbatdagi o'yini esa 26 mart kuni Livan terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkentda yangi qurilgan "Bunyodkor" stadionida o'tishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG