Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:45

Shahzoda Harri Afg‘onistondagi harbiy xizmatini yakunladi


Buyuk Birtaniya taxtini egallash uchun navbatda uchinchi bo‘lib turgan shahzoda Harri Afg‘onistondagi harbiy hizmatini yakunlab, uyiga yo‘l oldi.

Shahzoda askarlik xizmati davomida “Apachi” jangovor vertolyotining ikkinchi uchuvchisi va o‘qchisi sifatida Tolibon harakatiga qarshi uyushtirilgan harbiy amaliyotlarda qatnashib kelgan.

Shunday amaliyotlardan birida shahzoda Harri Tolibon dala qo‘mondonlaridan birini yo‘q qilgani aytilgan edi.

Shahzoda Afg‘onistonga ilk bor 2007-2008 yillarda kelgan edi. Biroq ommaviy axborot vositalari uning turgan joyi haqidagi maxfiy ma‘lumotni ochiqlaganidan so‘ng, u Britaniyaga qaytishga majbur bo‘lgan edi.

2012 yilning sentyabr oyida Afg‘onistonga qaytgan shahzoda Harri Helmand viloyatidagi "Camp Bastion" harbiy bazasida xizmat qildi.
XS
SM
MD
LG