Линклар

logo-print
AQSh prezidenti Barak Obama kecha Vashingtonda, Kapitoliy binosi oldida o‘tkazilgan rasmiy marosimda ikkinchi muddatga qasamyodga keltirildi.

Bundan bir kun avval esa Obama AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra Oq uy binosida tor doirada o‘tkazilgan marosimda qasamyod qilgan edi.

AQSh prezidenti inauguratsiya nutqida Amerikani “bir millat” va “bir xalq” bo‘lib birlashishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Obama AQSh global demokratiyani qo‘llashda davom etishini va “ozodlik uchun intilayotganlar nomidan” ish olib borishini bildirdi.

Inauguratsiya marosimida eks-prezidentlar Jeyms Karter va Bill Kklinton, Kongress hamda diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

Marosimni tomosha qilish uchun bir necha yuz ming kishi yig‘ilgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG