Линклар

logo-print
Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi himoyachisi Jerar Pike va mashhur xonanda Shakira o‘g‘il farzand ko‘rishdi.

Bu haqda birinchi bo‘lib Pike o‘z Tvitter sahifasi orqali ma‘lum qildi.

Shakiraning rasmiy veb-sahifasida aytilishicha, Milan (urg‘u "i" harfida) ismi berilgan chaqaloqning sog‘lig‘i butunlay joyida.

Jerar Pikening Facebook sahifasida yozilishicha, bolakay tug'ilishi bilanoq "Barselona" futbol klubi a'zosiga aylangan.

Tug‘ilib ulgurmay yulduzga aylangan chaqaloqning vazni 3 kilogramni tashkil qilgani aytilmoqda.

Eslatamiz, kolumbiyalik xonanda Shakiraning "Vaka-Vaka" (Waka-Waka) qo‘shig‘i 2010 yilda Janubiy Afrikada o‘tgan futobl bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘i sifatida tanlangan edi.
XS
SM
MD
LG