Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:40

O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan temir yo‘l punktlarini bir tomonlama yopdi


Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmatining xabar qilishicha, 2013 yilning 21 yanvarida O‘zbekiston o‘zbek – qirg‘iz chegarasini kesib o‘tuvchi temir yo‘llardagi “Qizilqiya-temir yo‘l”, “Qorasuv-temir yo‘l”, “Jalolobod-temir yo‘l” va “Shamoldisoy-temir yo‘l” nazorat – o‘tkazish punktlarini bir tomonlama yopib qo‘ygan.

“O‘zbekiston tomonidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, “Qorasuv-temir yo‘l” nazorat-o‘tkazish punkti teplovozning nosozligi tufayli yopib qo‘yilgan. Qolgan punktlarning yopilish sababi to‘g‘risida O‘zbekiston tomoni ma‘lumot bermagan, deyiladi Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati xabarnomasida.

O‘tgan haftada O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi chegara punktlarini ham bir tomonlama yopib qo‘ygan edi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, chegara punktlarining yopilishi rasmiy Toshkentning Qirg‘iziston tomonidan So‘x yo‘llari to‘sib qo‘yilishiga javobdir.
XS
SM
MD
LG