Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:37

Bozorlarda joy puli oshdi


Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasining 21 yanvar kuni kuchga kirgan qo‘shma qaroriga binoan O‘zbekiston bozorlarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi va ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlarining minimal narxlari belgilab qo‘yildi.

Bu haqda Norma. uz sayti bergan ma‘lumotlardan tilga olingan parametrlar bo‘yicha to‘lovlarning 10 foiz atrofida oshgani ma‘lum bo‘ladi.

Aytilishicha, shu paytgacha bozorlar va savdo majmualari ma‘muriyatlari bir martalik yig‘imlar va ijara haqlarini mamlakat prezidentining 2010 yil 26 aprel kungi qaroriga binoan yilda bir bor belgilab kelgan.

Non sotuvchilaridan olinadigan joy puli

21 yanvardan boshlab Toshkent shahri bozorlarida kuniga kamida 2350 so‘m, viloyat markazi bozorlarida kamida 1700 so‘m, tuman markazi bozorida 950 so‘m qilib belgilandi.

21 yanvargacha esa

Toshkentda 2200, viloyatlarda 1600, tumanlarda 900 so‘mdan boshlanar edi nonfurushlardan olinadigan joy puli.

Avtomobillar ehtiyot qismlari sotadiganlardan

bozorlarda kuniga kamida 4700 so‘m (Toshkent), 2900 so‘m (viloyat) va 2550 so‘m (tuman).

21 yanvargacha esa

4400 (Toshkent), 2700 (viloyat) va 2400 so‘m (tuman) dan boshlanar edi avtomobillar ehtiyot qismlari sotadiganlardan olinadigan joy puli

Tarozi haqi

poytaxt bozorlarida kuniga kamida 1200 so‘m miqdorida belgilab qo‘yildi.

21 yanvargacha esa

tarozidan foydalangan sotuvchi puli kuniga kamida 1100 so‘m to‘lashi kerak edi.

Sovutgichdan foydalanish haqi

poytaxt bozorlarida meva-sabzavot sotuvchilar tovarini bozor yoki savdo majmui sovuqxonasida saqlamoqchi bo‘lsa, bir quti yoki bir qop mahsuloti uchun kuniga
1850 so‘m to‘laydi.

21 yanvargacha esa

bunday xizmat narxi 150 so‘mga arzonroq edi.

Tilga olingan o‘zgarishlar kuni kecha kuchga kirgan qarorda belgilangan o‘zgarishlarning barchasi emas, albatta.

O‘zbekiston bozorlarida sotuvchilardan olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara haqi va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlarining yangi minimal hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasining 21 yanvar kuni kuchga kirgan qo‘shma qarori bilan belgilab qo‘yildi.

Bozor yangiliklari bilan Ozodlikning yangi “Bozor ertasi” eshittirishi orqali tanishib boring.
XS
SM
MD
LG