Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:01

Yordam yuklari So‘xga o‘tolmasdan ortga qaytdi


So‘xga jo‘natish uchun Rishtonda tayyorlab qo‘yilgan yuk mashinalari.
So‘xga jo‘natish uchun Rishtonda tayyorlab qo‘yilgan yuk mashinalari.
Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonning So‘x eksklaviga yordam yuklari olib o‘tishga ruxsat berdi. Botken viloyati hokimi yuklar Qizilqiya chegara posti orqali o‘tishi mumkinligini aytdi.

So‘x voqeasidan keyin qirg‘iz rasmiylari o‘tgan hafta zo‘ravonlik ro‘y bergan Qirg‘izistonga qarashli Charbaq qishlog‘i yaqinida tikanli sim o‘rnata boshlagan.
23 yanvar kuni Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonning So‘x eksklaviga yordam yuklari olib o‘tilishiga ruxsat berdi.

Botken viloyati hokimi Jenish Razzoqov Ozodlikning qizg‘iz xizmatiga bergan intervyusida O‘zbekistonning yuk mashinalari Qizilqiya orqali o‘tishi mumkinligini aytdi.

- Ertami, kechmi baribir yo‘lni ochish kerakda. Bu anklav. Xalqaro normalarga muvofiq, anklavga o‘tadigan yo‘l berilishi kerak. Biz odamlarimiz bilan ishlayapmiz. Odamlarimiz bu masalani to‘g‘ri tushunib yetyapti. Yuk mashinalari Qizilqiya posti orqali o‘tsa bo‘laveradi. Yo‘llar ochiq. Biz ularning xavfsizligini himoya qila olamiz, dedi Botken viloyati hokimi.

So'x mojarosi tarixi

5-6 yanvar kunlari So‘xda mahalliy aholi va Qirg‘iziston chegara punktiga elektr o‘tkazish uchun simyog‘ochlar o‘rnatayotgan qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganidan keyin 60 ming aholiga ega bo‘lgan So‘x tumani atrofidagi yo‘llar yopib qo‘yilgan.

So‘x tumani rasmiylariga ko‘ra, nizo chiqqan paytda qirg‘iz chegarachilari o‘t ochgani oqibatida besh nafar so‘xlik yaralangan.

Voqeada so‘xliklar 30 nafar qirg‘izistonlikni, qirg‘izlar esa olti nafar O‘zbekiston fuqarosini garovda ushlab turgan. Keyinroq ularning hammasi qo‘yib yuborilgan.
Farg‘onalik huquq himoyachisi Baxodir Eliboyev Ozodlik bilan suhbatda so‘xliklarga mo‘ljallangan gumanitar yuklar ortilgan mashinalar 23 yanvar kuni kech soat beshlarda chegaradan o‘ta olmay Rishtonga qaytib kelganini aytdi.

- Rishtondan chiqqaningizda (Qirg‘iziston hududida) Burgan massivi boshlanadi. O‘sha yerda 60-70ta oddiy qirg‘iz aholi to‘planib yo‘lni to‘sib turishgan ekan. Qirg‘iz tomoni u odamlarga to‘g‘ri tushuntirib insonparvarlik yordami o‘tib ketishiga imkoniyat yaratib berishini haydovchilar 4-5 soat kutishgan. Foydasi bo‘lmagan. Keyin qaytib kelishgan bazaga, dedi huquq faoli.


Chegaralar yopilgani narxlar oshishiga sabab bo‘ldi


So‘xliklarga benzin, oq yog‘, dori-darmon va zaruriy keng iste‘mol mollaridan iborat mashinalar karvoni Rishton tumanining chegara hududida uch kundan beri to‘xtab turgani hamda bozor-o‘char qilish uchun so‘xliklar Rishtonga kela olmayotgani uchun So‘xda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarila boshlagan.

- So‘xdagilar Rossiyada ishlab pulni O‘zbekistonga yuborishadi. So‘xliklar Rishtonga kelib Vestern Yuniondan pul olishadi. Keyin bu yerdan xarajat qilib So‘xga borishadi. Rossiyadan pulni yuborishayaptiyu lekin hozir chegara yopiqligi uchun So‘xdan kelib olisholmayapti. Ularda pul qolmayapti. U yoqda yo‘qchilik bo‘lgani uchun kun sayin narx oshib borayapti.

Misol uchun hozir oq qand 10 mingga chiqib ketgan. Davlat tomonidan kishi boshiga ikki kilodan beriladigan un tugagan. Hozir gumanitar pomoshda bitta furada un ketayapti, oq yog‘ ketayapti, paxta yog‘i deymizmi, lekin o‘tkazilmayapti. Ular hozir yashash uchun, chorvador xalq, qo‘yini, molini so‘yishga majbur. Yashash kerak, dedi Baxodir Eliboyev.

Ayni paytda, So‘xning G‘aznok qishlog‘ida yashovchi o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan fuqaro 23 yanvar kun G‘aznok, Qal‘acha va Tul kabi qishloqlarida 50 kilogrammli bir qop qozoq uni narxi 80 mingdan 125 mingga, 5 litrli paxta yog‘ining narxi 22 ming so‘mdan 30-32 ming so‘mga ko‘tarilganini aytdi.

Unga ko‘ra, G‘aznokdagi do‘konlarda makaron va sigaret qolmagan.

O‘zbekiston rasmiylari So‘xdagi vaziyat yuzasidan shu paytgacha bayonot bermagan.

Ayni paytda, 23 yanvar kuni o‘zbekistonliklar ushlab turgan qirg‘izistonliklar mamlakat Bosh vaziri Jontemir Sotiboldiyevga murojaat qilib yetkazilgan ma‘naviy zarar va davolanish uchun 500 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida tovon puli undirib berishda yordam berishni so‘ragan.
XS
SM
MD
LG