Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:06

O‘zbekiston-Qirg‘iziston: yo‘llar hamon yopiq qolmoqda


O‘zbekiston o‘zbek – qirg‘iz chegarasini kesib o‘tuvchi temir yo‘llardagi “Qizilqiya-temir yo‘l”, “Qorasuv-temir yo‘l”, “Jalolobod-temir yo‘l” va “Shamoldisoy-temir yo‘l” nazorat – o‘tkazish punktlarini bir tomonlama yopib qo‘ygani oqibatida Qirg‘izistonda yuzlab vagonlar to‘planib qoldi. O‘zbekiston Qirg‘izistonning Barak eksklaviga ham yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Qirg‘iziston tomoni 5-7 yanvar kunlari sodir bo‘lgan So‘x voqeasidan keyin O‘zbekstonning So‘x eksklaviga olib boruvchi yo‘llarni va chegarani yopib qo‘ygan edi. Buning natijasida So‘xda oziq-ovqat, benzin muammosi paydo bo‘lib, narx-navoning ko‘tarilib ketgani xabar qilingan.

23 yanvar kuni O‘zbekiston So‘xga insonparvarlik yordami jo‘natgan. Qirg‘iz rasmiylari bu yordam chegaradan o‘tkazilishiga qarshi emasliklarini bildirgan edi. Biroq Farg‘onalik huquq himoyachisi Baxodir Eliboyev Ozodlik bilan suhbatda so‘xliklarga mo‘ljallangan gumanitar yuklar ortilgan mashinalar 23 yanvar kuni kech soat beshlarda chegaradan o‘ta olmay Rishtonga qaytib ketganini aytdi. Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakili Jenish Razzaqov esa bu holatni O‘zbekiston tomonidan gumanitar yuklarni olib o‘tish uchun rasmiy iltimos olinmagani bilan izohladi.

So'x mojarosi tarixi

5-6 yanvar kunlari So‘xda mahalliy aholi va Qirg‘iziston chegara punktiga elektr o‘tkazish uchun simyog‘ochlar o‘rnatayotgan qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganidan keyin 60 ming aholiga ega bo‘lgan So‘x tumani atrofidagi yo‘llar yopib qo‘yilgan.

So‘x tumani rasmiylariga ko‘ra, nizo chiqqan paytda qirg‘iz chegarachilari o‘t ochgani oqibatida besh nafar so‘xlik yaralangan.

Voqeada so‘xliklar 30 nafar qirg‘izistonlikni, qirg‘izlar esa olti nafar O‘zbekiston fuqarosini garovda ushlab turgan. Keyinroq ularning hammasi qo‘yib yuborilgan.
O‘zbekiston ham qirg‘iz tomonining bunday harakatlariga javoban bir qator choralarni ko‘rdi. Jumladan, 18 yanvar kuni Qirg‘iziston janubidan O‘zbekistonga o‘tish mumkin bo‘lgan yagona “Do‘stlik” chegara o‘tkazish bekati O‘zbekiston tomonidan bir tomonlama yopildi. 21 yanvarda “Qizilqiya-temir yo‘l”, “Qorasuv-temir yo‘l”, “Jalolobod-temir yo‘l” va “Shamoldisoy-temir yo‘l” nazorat – o‘tkazish punktlari bir tomonlama yopib qo‘yildi. 22 yanvarda esa Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi ekslavi hisoblangan Barak qishlog‘i huddi So‘x kabi qamalda qoldi.

Temir yo‘lning yopilishi oqibatida Qirg‘izistonga kelishi kutilayotgan qurilish va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlari O‘zbekistonda ushlab turilibdi. Qirg‘izistonda esa O‘zbekiston orqali boshqa mamlakatlarga jo‘natilishi kerak bo‘lgan 200 dan ortiq vagon to‘planib qolgani aytilmoqda:

-O‘zbekiston vagonlarni o‘z lokomotivi bilan bu yerga olib kelib, bizdan bo‘sh vagonlarni olib chiqib ketar edi. Ular endi lokomotiv buzilib qolganini bahona qilishmoqda. Toshkentga telefon qilayapmiz. Lekin Toshkentda hech kim telefon go‘shagini ko‘tarmayapti, - dedi Qorasuv-temir yo‘l shirkati rahbari Alijon Sayg‘aziyev.

Barak anklavining to‘sib qo‘yilishi esa mahalliy aholi hayotiga keskin tarzda salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda baraklik Almaz Karimov gapirib berdi:

- Biz asosan Qorasuv bozoridan tirikchilik qilar edik. Ishga boradiganlar ishga borolmay, talabalar o‘qishga borolmay uyda o‘tirib qoldik. Bizda kasalxona ham, bozor ham yo‘q, -dedi Almaz Karimov.

Qirg‘izistonning Qorasuv tumani hokimiyatining bildirishicha, Barak eksklavidagi 300 dan ortiq oila oziq-ovqat, sham va gugurtga ehtiyoj sezmoqda. Qishloqqa jo‘natilgan insonparvarlik yordami esa o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan o‘ta olmayapti.

-Bu borada hukumat harakat qilayapti. Hozir O‘zbekiston bilan muzokaralar olib borilayapti. Biz barakliklar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tayyor qilib qo‘yganmiz. O‘zbekiston yo‘lak ochib bersa, biz darhol bu yukni barakliklarga yetkazamiz, -dedi Qorasuv tumani hokimi Tilekbek Matraimov.

5-6 yanvar kunlari So‘xda mahalliy aholi va Qirg‘iziston chegara punktiga elektr o‘tkazish uchun simyog‘ochlar o‘rnatayotgan qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganidan keyin 60 ming aholiga ega bo‘lgan So‘x tumani atrofidagi yo‘llar yopib qo‘yilgan.

So‘x tumani rasmiylariga ko‘ra, nizo chiqqan paytda qirg‘iz chegarachilari o‘t ochgani oqibatida besh nafar so‘xlik yaralangan.

Voqeada so‘xliklar 30 nafar qirg‘izistonlikni, qirg‘izlar esa olti nafar O‘zbekiston fuqarosini garovda ushlab turgan. Keyinroq ularning hammasi qo‘yib yuborilgan.
XS
SM
MD
LG