Линклар

Sankt-Peterburgda o‘tayotgan Hamdo‘stlik kubogi-2013 musobaqasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Rossiya termasiga 2:0 hisobida yutqazdi.

O'yindagi gollarga 30-daqiqada Dmitriy Kayumov, 83-daqiqada esa Andrey Panyukovlar mualliflik qilishdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musayev o'yindan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanida maglubiyatga qaramay, shogirdlaridan qoniqqanini aytdi.

- Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Buning uchun raqib jamoaga ham rahmat... Shogirdlarim faol, ba‘zida ular o‘ylamasdan, ortga qaramasdan oldinga intilishadi. Bu yaxshi. Demak, ular befarq emaslar... Gol urish uchun bizda bir nechta vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik, - dedi murabbiy.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi rossiyalik tengqurlari bilan musobaqaning guruh bosqichida ham bellashgan edi. Unda 2:2 durang natijasi qayd etilgan.

Endi Ahmadjon Musayev shogirdlari 5-8 o‘rinlar uchun kechadigan bahslarda maydonga tushadi. Galdagi raqib chorak finalda Belorus yoshlaridan mag‘lub bo‘lgan Qozog‘iston terma jamoasi bo‘ladi. Mazkur uchrashuv 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

O'zbekistonlik yoshlar qozog'istonlik tengqurlari bilan ham "B" guruhi o'yinlarida bellashishgan edi. Unda Musayev sho'girdlari 1:0 hisobi bilan g'alaba qozonishgan.
XS
SM
MD
LG