Линклар

Google shirkatiga tegishli YouTube videoportali bir milliarddan ko'proq ko'rilgan "Gangnam Style" videoroligiga qo'yilgan reklamadan qariyb 6 million AQSh dollariga teng foyda ko'rdi.

Bu haqda Frans-Presse agentligi Google shirkatidagi manbaga asoslanib xabar berdi.

Janubiy koreyalik ashulachi PSY ijrosidagi "Gangnam Style" qo'shig'i videoroligi YouTube saytiga 2012 yilning 15 iyulida yuklangan edi. Atigi olti oydan so'ng, dekabr oyida videoklip 1 milliard morataba ko'rilgan YouTube xizmatidagi ilk videoga aylandi.

Ayni damda "Gangnam Style" videosi 1,23 milliard marotaba ko'rilgan. 2013 yilda videoklip hisoblagichisi 2 milliardni ko'rsatishi tahmin qilinmoqda.

Odatda YouTube sayti reklamadan tushgan foydani video egalari bilan bo'lishadi. Dekabr oyida AQSh ommaviy axborot vositalari qo'shiqchi PSY YouTube saytidagi reklamadan tahminan 870 ming dollar foyda olganini yozishgan edi.

PSYning "Gangnam Style" qo'shig'iga mualliflik huquqini sotishdan olgan daromadi esa bir necha million dollarga teng egani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG