Линклар

logo-print
Angliya Premyer-ligasining "Chelsi" futbol klubi yarim himoyachisi Eden Azar maydon chetiga chiqib ketgan to'plarni olib beruvchi "ball boy"ni tepib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

Voqea 23 yanvar kuni "Chelsi" va "Suonsi" jamoalari o'rtasida o'tgan Angliya kubogi yarim final javob uchrashuvining 79-daqiqasida yuz berdi.

Eden Azar maydon chetiga chiqib ketgan to'pni olib kelishga shoshilmagan bolakaydan to'pni olishga harakat qiladi, biroq uni yiqitib yuboradi. Bolakay esa yotgan holda to'pni gavdasi bilan to'sib oladi. Shundan so'ng, to'pni tezroq olmoqchi bo'lgan Azar bolakayni tepib yuboradi.



Ushbu voqeadan so'ng uchrashuv bosh hakami Kris Foy, qanot referilari bilan maslahatlashib, Eden Azarni maydongan chetlatishga qaror qildi.

"Liberti stedium" maydonida o'tgan o'yin 0:0 hisobida yakunlandi. "Suonsi" yarim final uchrashuvlari umumiy natijasida 2:0 hisobi bilan g'alaba qozonib, Angliya kubogi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

22 yoshli belgiyalik futbolchi Eden Azar "Chelsi" jamoasiga 2012 yilning iyulida Fransiyaing "Lil" jamoasidan kelib qo'shilgan edi. U 2011 va 2012 yillarda Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq topilgan.
XS
SM
MD
LG