Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:14

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani ochish bo‘yicha kelisha olmadi


Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara xizmatlari rahbarlari o‘rtasida 23 yanvar kuni chegarani ochish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘zlashuvda kelishuvga erishilmadi. Ayni paytda, Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida joylashgan O‘zbekistonning So‘x tumani aholisiga mo‘ljallangan gumanitar yordam ortilgan yuk mashinalari yo‘l yopilgani bois to‘rtinchi kun chegara yaqinida turibdi.

So'x mojarosi tarixi

5-6 yanvar kunlari So‘xda mahalliy aholi va Qirg‘iziston chegara punktiga elektr o‘tkazish uchun simyog‘ochlar o‘rnatayotgan qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganidan keyin 60 ming aholiga ega bo‘lgan So‘x tumani atrofidagi yo‘llar yopib qo‘yilgan.

So‘x tumani rasmiylariga ko‘ra, nizo chiqqan paytda qirg‘iz chegarachilari o‘t ochgani oqibatida besh nafar so‘xlik yaralangan.

Voqeada so‘xliklar 30 nafar qirg‘izistonlikni, qirg‘izlar esa olti nafar O‘zbekiston fuqarosini garovda ushlab turgan. Keyinroq ularning hammasi qo‘yib yuborilgan.
Qirg‘iziston Chegara xizmati rahbari Tokon Mamitov Ozodlikka bergan intervyusida chorshanba kungi muzokaralarda kelishuvga erishilmaganini shunday izohladi.

- Chegara masalasida, qaysi tekshiruv punkti ochiladi, qaysi chegara punktidan nimalar o‘tishi kecha muhokama qilindi. Qaysi punktlarni ochish xususida bir fikrga kelinmadi. Biz bir tekshiruv punktini taklif qilsak, ular boshqasini xohlashyapti. So‘zlashuv davom etadi, dedi Qirg‘iziston chegara xizmati boshlig‘i Tokon Mamitov.

O‘zbekistonning So‘x eksklavida yashovchi 60 ming aholiga mo‘ljallangan 21 ta yuk mashinasidagi gumanitar yordam qirg‘izistonliklar yo‘lni yopib qo‘ygani bois Rishton tumanining chegaraga yaqin qismida to‘rtinchi kun to‘xtab turibdi.

Botken viloyatining Qadamjoy tumanidagi So‘xga olib boradigan “Yoshtilak” yo‘lida norozilik aktsiyasi o‘tkazayotgan 40 nafarga yaqin qirg‘izistonlik viloyat rasmiylaridan bir necha narsani talab qilmoqda.

Norozilardan biri oqsoqol Soorbay Shamuratov Ozodlikka o‘z talablari bajarilmaguncha norozilar aktsiyani davom ettirishini.

- Bu yerda yoshlar hech qanday qonunni buzgani yo‘q. Bizning birinchi talabimiz chegaraga sim tortish, ikkinchi talabimiz aylanma yo‘lni ta‘mirlab tartibga keltirish, uchinchi talabimiz So‘x anklavidan askarlar, qurollarini olib chiqib ketish va Botken viloyatiga sarf-harajatlar uchun tovon puli to‘lanishini talab qilamiz, dedi norozilardan biri Soorbay Shamuratov.

Бoткен: чегарадаги аҳоли талаби
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:33 0:00
Бевосита линк


Eksklavlardagi ahvol


Chegara yopilgani bois So‘x va Shoximardon aholisi kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ololmayapti.

23 yanvar kun So‘xning G‘aznok qishlog‘ida yashovchi, o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan fuqaro G‘aznok, Qal‘acha va Tul qishloqlarida 50 kilogrammlik bir qop qozoq uni narxi 80 mingdan 125 mingga, 5 litrlik paxta yog‘ining narxi 22 ming so‘mdan 30-32 ming so‘mga ko‘tarilganini aytgan edi.

Biroq 24 yanvar kuni So‘xning Chashma qishlog‘ida yashovchi tadbirkor Abdusamad Ozodlik bilan suhbatda oziq-ovqat narxlari oshganini inkor qildi.

- Bu hammasi bo‘lmaydigan gap. Nimagaki bozorlar ishlayapti. Bugun bir soat bo‘ldi bozorga borganimga. Aytayapmanku, sabzi kerak ekan uyga, olib keldim. 800 so‘m. Mol go‘shti 15 ming, qo‘yniki 20 ming. Oldin ham shunday narx edi, hozir ham shu narx. Hozir svet umuman o‘chmayapti. Oldin o‘chardi. Gaz endi past bo‘lgani bilan bor, dedi so‘xlik tadbirkor.

Abdusamad So‘xdagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin tugagani, ammo odamlar qo‘ldan bir litr benzinni 3000 so‘mdan bemalol sotib olayotganini, chayqovchilarga qirg‘izlar benzin yetkazib berayotganini aytdi.

- Zapravkalarda benzin yo‘g‘u qo‘lda 3000dan bor. Qancha xohlasangiz bor. Qirg‘izlar o‘zlari olib kelib berib ketayapti chegaradan kanisterlarda.

Ozodlik bilan so‘zlashgan shoximardonliklar ham yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin tugaganini ammo bir necha kun ichida chegaralar ochilishiga umid bildirdi.

Shoximardonda yashovchi Abror aka yo‘llar yopib qo‘yilgani Shoximardon bozoridagi narxlarga ta‘sir etmaganini aytdi.

- Qirg‘izistonliklar hamma narsasini shu yerda sotardi, shu yerdan narsa olib ketishardi. Kuniga So‘x kasalxonasida 40-50 atrofdagi Bo‘jay, Chorboq, Sovka qishlog‘idan kelgan qirg‘izlar davolanib ketardi. Har kuni kelib davolanib ketishardi. 10 yanvarda Bo‘jay qishlog‘iga 5 tonna gumanitar yordam olib borib berildi So‘x tomonidan, hokimiyat tomonidan. Hech kim bu haqida aytmayapti, dedi Shoximardonda yashovchi Abror aka.


Chegara yopilganidan Barak anklavi aholisi zarar ko‘rmoqda


Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli Barak anklavi aholisi chegaralar yopilganidan aziyat chekmoqda.

Barakda yashovchi Po‘lat Umarov Ozodlikka yoqilg‘i va oziq-ovqat tugab borayotganini aytdi.

- Eng katta muammo ko‘mir. Ko‘mir tugayapti. Elektr ham yo‘q. Do‘konlarda makaron, un, kartoshka tugayapti. Bizdan hech kim xabar olmayapti.

Barakda yashovchi Almar Karimov ham chegaralar yopilgani bois odamlar tirikchilik qila olmayotganidan nolidi.

- Hozir tranzit korridor yopilgan. Asosan Qorasuv bozoridan narsalar sotib olardik. Bozorda tirikchilik qiladiganlar bozorga borolmayapti. O‘zimizda bozor ham yo‘q, kasalxona ham yo‘q, dedi baraklik Almar Karimov.

Ayni paytda, Qirg‘izistonga qarashli 600 dan ortiq vagon o‘zbek-qirg‘iz chegarasining O‘zbekiston tomonida to‘planib qolgani aytilmoqda.

O‘zbekiston chegara nazorat punktlarini yopib qo‘ygani tufayli Qirg‘izistonga o‘tolmayotgan vagonlarning 80tasida yonilg‘i borligi aytilmoqda.

RIA Novosti agentiligining Qirg‘iziston neft savdosi bilan shug‘ullanuvchi shirkatlar uyushmasiga tayanib, ma‘lum qilishicha, chegaralarni ochish masalsi yaqin orada hal bo‘lmasa, Qirg‘iziston janubida ekish kampaniyasiga jiddiy putur yetkazilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG