Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:20

Sud Bahrom Xurramovni hibsda qoldirdi


O‘zbekistonlik Bahrom Xurramovning ishi Rossiya jamoatchiligida katta shov-shuv keltiirb chiqardi.
O‘zbekistonlik Bahrom Xurramovning ishi Rossiya jamoatchiligida katta shov-shuv keltiirb chiqardi.
Moskva shahar sudi yangi yil arafasida 12 yoshli bolaga jarohat yetkazgan O‘zbekiston fuqarosi Bahrom Xurramovni hibsda qoldirish haqida qaror qildi. Uni himoya qilayotgan faollar maktab o‘quvchisining jag‘i sinishiga bilan bog‘liq voqeaning yangi tafsilotlari aniqlanganini gapirmoqda.


“Xurramov hibsda qoladi!”


Chorshanba kuni Moskva shahar sudi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 112-moddasi (qasddan o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish) asosida ayblanayotgan 35 yoshli o‘zbekistonlik Bahrom Xurramovning garov evaziga ochiqqa chiqarilmasligini to‘g‘risida qaror chiqardi.

Videotranslyatsiya orqali sud mahkamasida qatnashgan Xurramov tarjimon yordamida o‘zini hibsdan ozod etishni so‘radi. Sudda Bahrom Moskvaga o‘tgan yilning yanvarida kelgani, poytaxtning Janubiy Butovo tumanida farroshlik qilib, axlat yig‘iladigan xonalardan birida xotini bilan yashab kelgani va mehnat daftarchasisiz ishlab yurgani, hamda o‘ziga qo‘yilayotgan jinoyatni sodir etmaganini aytdi.

O‘z o‘rnida, prokuror muhojirning Rossiyada doimiy yashash joyi yo‘qligi va xorij fuqarosi ekanini inobatga olib, Xurramovga nisbatan jazo chorasini o‘zgartirmaslik talabi bilan murojaat qildi.

Moskva shahar sudi hakami Vladimir Usov avvalroq Zyuzino tuman sudi tomonidan chiqarilgan mehnat muhojirini hibsda saqlash to‘g‘risidagi qarori qonuniy ekani va himoyachilarning kassatsiya arizasi qondirilmaganini ma‘lum qildi.

- Unga nisbatan jazo chorasi o‘zgarmasdan qoldi, ya‘ni 2013 yilning 6 fevraligacha u hibsda qoladi. Keyingi taqdirini Zyuzino tuman sud hal qiladi, dedi sudya.

Shahar sudi o‘zbek milliy diasporasi tomonidan yuborilgan da‘vo arizasi va garov evaziga qo‘yib yuborish iltimosini ham inobatga olmadi. Shuningdek, u ishlgan mahalla fuqarolarining Bahrom Xurramovni himoya qilib yozgan kollektiv xati ham sud qarorini o‘zgartira olmadi.


Janjalga oid yangi tafsilotlar


Sudda Bahrom Xurramovga yuridik ko‘mak ko‘rsatgan va uni garov evaziga ozod qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan “O‘zbekiston” nomli butunrossiya o‘zbeklar tashkiloti ijrochi direktori Timur Muxamedov, Ozodlik bilan suhbatda, Xurramovning bu jinoyatga aloqadorligini tasdiqlovchi asos-dallilar yo‘q, deydi.

- Birinchidan, Xurramov ayblanayotgan jinoyat jamoatchilikka katta xavf tug‘dirgani yo‘q. Ikkinchidan, biz umuman bu jinoyat Xurramov tomonidan sodir etilganiga katta shubha bilan qarayapmiz, chunki hozirga qadar jinoyat qilingan qurolning o‘zi yo‘q, va bizningcha, sindirilgan supurgining sopi bilan bolaning birdaniga ikki tomonidan jog‘ini urib sindirishning iloji yo‘q. Biz advokat va mahalliy fuqarolar bilan suhbatlashib, quyidagilarni aniqladik:

Bolalar uni kalaka qilishganida, Bahrom haqiqatan unga supurgi sinig‘ini otgan. Bollar o‘zidan katta 16-18 yoshdagilarni yordamga chaqirib kelgan. Ular vaziyatni aniqlashtirgan va keyin qo‘l tashashib tarqagan. Shundan keyin jabrlangan Artyom ham ketgan va bir soatlardan keyin jog‘i singani to‘g‘risida politsiyaga ariza bilan onasi murojaat qilgan, deya voqea tafsilotlarini gapirib berdi Ozodlikka o‘zbeklar diasporasi rahbari Timur Muxamedov.

Uning aytshicha, O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham Xurramovni himoya qilishga jalb qilingan.

Xurramovni o‘z kafilligiga olish murojaatnomasi bilan sudga ariza yuborgan “Moskva o‘zbeklari hamdo‘stligi” tashkiloti rahbari asli toshkentlik Viktor Teplyakov, “lopata ko‘targan farrosh” ishining jamoatchilik orasida katta shov-shuv keltirib chiqarishiga Rossiyada migratsiya va migrantlar bilan bog‘liq muammolarni sabab bo‘lganini aytadi.

- Bu vaziyat kamida uchta muammoni yuzaga chiqardi. Birinchidan, noilojlikdan bu yerda har qanday ishga tayyor bo‘lib, Markaziy Osiyodan ishlagani kelayotgan odamlar mutlaqo ijtimoiy muxofazalanmagan, noinsoniy sharoitlarga ko‘nikib ishlashga majbur. Endi tasavvur qiling, Bahromni qay darajaga yetkazish kerak ediki, bolaga tayoqni otishi uchun?! Ikkinchisi, bu Rossiya yoshlarining tarbiyasi masalasi. Bu masalada menimcha, ota-onalarning ham tarbiyasi masalasi ko‘tarilib qolyapti. Vaziyatning eng xavfli tomoni – bu hodisani o‘ziga bayroq qilib olgan millatchi guruhlarning chiqishlaridir,- dedi Viktor Teplyakov.

Sudda Xurramovni ramziy ming rublga evaziga himoya qilayotgan advokat Sanal Dordjiyev chorshanba kungi sud mahkamasidan chiqib, 4 fevral kuni jabrlangan taraf bilan kelishuv imzolanishini ma‘lum qildi.

- Jabrlangan tomon Zyuzino tuman sudiga tomonlar yarashishi munosabati bilan Xurramovga nisbatan ochilgan jinoiy ishni to‘xtatish da‘vo arizasi yuborildi. 4 fevral kuni bu da‘vo asosida sudning ijobiy qarori chiqishiga ishonamiz,- dedi advokat Sanal Dordjiyev.

Keyingi sud mahkamasi Zyuzino tuman sudida 4 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


Nima bo‘lgan edi...


Ozodlik 7 yanvar kuni Moskvaning Janubi-G‘arbiy okrugidagi Izyuminskaya ko‘chasida joylashgan 2008-sonli o‘rta maktabda 12 yashar bolaga og‘ir tan jarohati yetkazgan o‘zbek muhojiri hibsga olinganini xabar qilgan edi.

Tergovchilar 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Bahrom Xurramov “qor o‘ynayotgan bolalardan biring jag‘ini belkurak bilan urib sindirganini” aytgan edi.

Hibsga olinishi ortidan voqea yuz bergan mahalla yon-atrofida farroshlik qilib kun kechirgan Xurramovni bilgan moskvaliklar uni himoya qilib, politsiyaga kollektiv xat bilan murojaat qildilar. Xatda 23 kishi moskvaliklarning jarohatlangan bolani juda yaxshi tanishlari, mahalliy bolalar mehnat muhojirini doimo mazax qilib, haqoratlab kelganiga guvohlik bergan.

Hodisa ortidan O‘zbekiston elchixonasida Xurramov himoyasiga sudga hech qanday xat yuborilmagani va garov berish masalasi bilan elchixona shug‘ullanmasligini Ozodlikka tushuntirishdi.

Elchixona rasmiysi yuborgan xabarda Bahrom Xurramovga Rossiya Federatsiyasida rasman qaydga olingan “Tver shahri o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi”,”Turon” Moskva viloyati o‘zbeklar diasporasi”, “Moskva o‘zbeklari hamjamiyati” va yaqinda tuzilgan “O‘zbekiston” Umumrossiya diasporalar kengashi” tashkilotlari kafillik berishga hamda mahalliy qonunchilik asosida garov kiritishga tayyor ekani bildirilgan.

Jarohatlangan Artyomning onasi Larisa Xoteyeva hodisa sabablarini aniqlab, Xurramovga da‘vosi yo‘qligini bildirgan. “VKontakte” portalidagi o‘z sahifasida Artyom Xoteyev kasalxonadan chiqishi bilan arizani qaytarib olishini bildirgan.

Bahrom Xurramovning O‘zbekistonda ikki nafar farzandi qolgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG