Линклар

Yaponiyaning Toyota avtomobilsozlik korporatsiyasi o‘zida ishlab chiqarilgan bir milliondan ortiq yengil avtomobilni qaytarib olishga qaror qilgan.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi gigantning mazkur qarorni olishiga bu safar mashinalar derazalarini yuvadigan moslamasi hamda himoya yostiqlari mexanizmida nuqsonlarning topilgani sabab bo‘lgan.

Hammasi bo‘lib Corolla va Corolla Matrix rusumidagi 900 mingta hamda Lexus IS rusumidagi 400 mingta mashina qaytarib olinadi.

Bu avtomobillarning katta qismi AQShda ekani aytilmoqda. O‘tgan yil ham Toyota dunyo bozorlaridan o‘zi ishlab chiqargan Yaris, Corolla va Camry modelli 7 milliondan ziyod avtomobillarini qaytarib olgandi.

O‘shanda mashinalar yon derazalarini ochib-yopuvchi moslamalaridagi nuqsonlarning topilgani bunga sabab bo‘lgan.

Toyota dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik shirkatlardan biri hisoblanadi. Shirkat o‘tgan yili dunyo bozorida 9,75 million mashina sotgan. Bu 2011 yildagiga qaraganda 22 foizga ko‘pdir.
XS
SM
MD
LG