Линклар

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan telefon orqali bog‘landi.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Telefon muloqotida Putin Karimovni 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabriklagani va “mamlakat foydasi uchun ishlashdek mas‘uliyatli faoliyatda baxt, omad, sog‘liq-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilagani” aytilmoqda.

Vladimir Putin 30 yanvar kuni O‘zbekiston prezidentiga qo‘ng‘iroq qilishdan tashqari, yubiley munosabati bilan Islom Karimovga tabrik telegrammasini ham jo‘natgan.

Telefon orqali so‘zlashuvda Rossiya prezidenti o‘zbekistonlik hamkasbini Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi.
XS
SM
MD
LG