Линклар

Ispaniya kubogi yarim final dastlabki uchrashuvida mamlakatning ikki yetakchi klubi - "Real" va "Barselona" jamoalari to'qnashdi. 30 yanvar kuni "Santyago Bernabeo" stadionida o'tgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi jangovor durang qayd etildi.

2013 yildagi ilk "El-Klasiko" o'yinidagi hisobni mehmonlar ochib berishdi. 50-daqiqada Lionel Messi oshirib bergan to'pni Sesk Fabregas "Real" darvozasiga aniq yo'llladi.

Mezbonlar o'yin tugashiga 9 daqiqa qolganda hisobni tenglashtirdi. Mesuz O'zul yuqoridan "Barsa" jarima maydoniga oshirgan to'pni "Real" himoyachisi Rafael Varan boshi bilan raqib darvizasiga yo'naltirdi.



Ikki jamoa o'rtasidagi Isponiya kubogi yarim finali javob o'yini 27 fevral kuni "Barselona" klubining "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

Yarim final ikkinchi juftligi "Atletiko" va "Sevilya" jamoalari 31 yanvar kuni dastlabki uchrashuvni ot'kazishadi.
XS
SM
MD
LG