Линклар

logo-print
Futbol bo’yicha Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Devid Bekhem Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga o’tdi.

Klub bilan besh oylik shartnoma tuzgani haqida futbolchi Parijda o’tgan matbuot yig’inida ma’lum qildi.

“PSJ” prezidenti Nosir Al-Hiloyfiy Bekhemning Parijda o’ynashidan mamkun ekani va u yangi jamoa uchun muhim o’yinchiga aylanishiga umid qilishini bildirdi.

Angliyalik yulduz futbolchi "PSJ" klubida oladigan maoshini barchasini hayriya yo'lida ishlatishni rejalashtirgani aytilmoqda.

37 yoshli Devid Bekhemga “PSJ”dan tashqari Italiyaning “Milan” va Angliyaning “Kuinz Park Reynjers” va “Vest Hem” jamoalari qiziqish bildirayotgan edi.

So’nggi yillarda Bekham AQShning “Los Anjeles Geleksi” jamoasida faoliyat yuritib kelgan.
XS
SM
MD
LG