Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:52

500 ga yaqin mahkum amnistiya bois uyiga qaytdi


"Eng uzoq qamoqda qolayotgan jurnalist" deb e‘tirof etilgan Muhammad Bekjonga bu safar ham amnistiya qo‘llanilmadi.
"Eng uzoq qamoqda qolayotgan jurnalist" deb e‘tirof etilgan Muhammad Bekjonga bu safar ham amnistiya qo‘llanilmadi.
Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan amnistiya asosida jazodan ozod bo‘lganlarning yana bir guruhi uyiga qaytdi.

O‘zbekiston rasmiy nashrlari Farg‘ona viloyat ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Adhamjon Esonovga tayanib, amnistiya bilan ozodlikka chiqarilgan 17 mahkumning uyiga qaytganini yozishdi.

Esonovning mahalliy matbuotga aytishicha¸ ayni paytda bu 17 mahkumni qayta tarbiyalash maqsadida maxsus suhbatlar olib borilmoqda.

Amnistiya jarayonini kuzatayotgan inson huquqlari faoli Sur‘at Ikromov o‘z tasarrufidagi ma‘lumotlarga tayanib¸ 500 ga yaqin mahkum avf qilinib, uyiga qaytganini aytadi:

- Amnistiyaga tushganlar kunda 35 kishilik gruppa qilinib, uyiga jo‘natilmoqda. Shu paytgacha menda bor ma‘lumotlarga ko‘ra, 500 ga yaqin mahkum uyiga qaytdi. Masalan, Toshkentdagi ayollar koloniyasidagi 2000 mahkumdan 150 nafari amnistiyaga tushib, uyiga qaytgani haqida bizda ma‘lumot bor. Endi bu raqamlar o‘zgarib turibdi¸ chunki amnistiya jarayoni davom etmoqda¸- deydi Sur‘at Ikromov Ozodlik bilan suhbatda.


Oltin amnistiya


Chinozlik 56 yashar dehqon Yo‘ldoshali aka Yo‘ldoshev amnistiyaga tushgan qizi Gulnoza Yo‘ldoshevaning qamoq eshigidan chiqib kelgan kunni hayotidagi baxtli daqiqa deb hisoblaydi:

- 4 yanvar kuni qizingni qamoqdan chiqaramiz¸ soat 11 ga keling¸ deyishdi. Ertalabdan borib qamoqxona eshigida kutib turdim. Chiqishini rosa paysalga solishdi. Kun juda sovuq edi. Kech 9 larda qizim eshikdan chiqib quchog‘imga otildi¸- deydi amnistiya bois ozod qilingan mahkumaning otasi.

Suhbatdoshga ko‘ra, o‘sha kuni Gulnoza Yo‘ldosheva bilan birga yana o‘nlab mahkuma ayol amnistiya bois qamoqxonani tark qilishgan.

Qozog‘istonda qullikka tushgan aka-ukalari uchun adolat izlab, mahalliy mulozimlar bilan ziddiyatga kirishgan 26 yashar inson huquqlari faoli Gulnoza Yo‘ldosheva o‘tgan yili tamagirlikda ayblanib, qamalgan edi.

Gulnoza Yo‘ldosheva Hyuman Rayts Uotch tashkiloti tarafidan “o‘z haqqini himoya qilgani uchun tazyiqqa uchragan” faol sifatida ta‘riflangan mahkumadir.

Yo‘ldoshevaning o‘zi amnistiya bois ozod qilingan kunni yaxshi eslashini Ozodlik bilan suhbatda gapirdi:

- O‘sha kuni meni ishlayotgan joyimdan chaqirib ketishdi. Keyin amnistiyaga ilinding tabriklaymiz¸ deyishdi. Arizaga qo‘l qo‘ydirishdi. Keyin chiqdim¸- deydi amnistiya bois ozod bo‘lgan sobiq mahkuma.

Gulnoza Yo‘ldoshevaning otasi Yo‘ldoshali aka shuncha yil yashab amnistiya degan kalimaning ahamiyatini qizi qamoqqa olinganidan keyin tushunib yetganini aytadi:

- Ilgari amnistiya chiqibdi¸ falonchi amnistiyaga tushibdi degan gaplarga parvo qilmaganman. Ammo qizim Gulnoza tuhmat bilan qamalganidan keyin amnistiya nimaligini tushundim. yozmagan joyim qolmadi. Tuhmat bilan qamalgan qizimni qamoqdan olib chiqish uchun inson huquqlari faollari bilan birgalikda qattiq harakat qildim. Oltin amnistiya deyishuvdi¸ men uchun qizimni qamoqdan ozod bo‘lishi oltindan ham qimmat¸- deydi Yo‘ldoshali aka.

Ayni paytda, suhbatdosh o‘g‘ri¸ qaroqchi va qotillarning amnistiya qilinishiga qarshi ekanini aytadi.

Farg‘ona mahalliy matbuoti talonchilik va o‘g‘rilik qilib, qamalgan 30 yashar Akbar ismli yigitning amnistiya bois qamoqdan ozod bo‘lib uyga qaytgani va foydali mehnat bilan shug‘ullanayotganini yozadi.

Ayni paytda Ozodlik suhbatlashgan oddiy farg‘onaliklar amnistiya bois ozod bo‘lgan o‘g‘ri va talonchilar o‘z qilmishlarini yana davom ettirayotganidan tashvish bildirishdi.

E‘tiqod mahbuslari amnistiyaga tushmadi
Ozodlik bilan suhbatda Gulnoza Yo‘ldosheva amnistiya aktiga binoan ozod qilinishi kerak bo‘lgan kameradoshlarining ko‘pi qamoqda qolib ketganini aytdi:

- Jinoiy ishi va boshqa holatlari bo‘yicha amnistiya aktiga tushadigan mahkumalarning to‘rt marotaba amnistiya chiqqanda ham qamoqda qolganiga guvohman. Endi menga kelsak men qattiq harakat qildim. Ariza yozdim. Qolaversa, jamoatchilik rezonansi ham bo‘ldi¸- deydi Gulnoza Yo‘ldosheva.


Amnistiyaga tushmaydiganlar


Ayni paytda jamoatchilik tashvishiga sabab bo‘layotgan o‘nlab siyosiy mahbus amnistiyadan mosuvo qolmoqda.

Shulardan biri yozuvchilarning Xalqaro PEN klubi tarafidan vijdon tutquni deb atalgan 75 yashar adib Mamadali Mahmudov 14 yildan beri qamoqda qolmoqda.

Uning 14 yillik qamoq muddati shu yil fevralida nihoyasiga yetishi kerak, ammo hozircha uning avf etilishi borasida yaqinlariga hech narsa aytilmagan.

Diniy voiz Xayrulla Hamidovga nisbatan amnistiya qo‘llanmasligi ehtimoli yuqori deb aytilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati, "Erk" partiyasi faoli Murod Jo‘rayevning qamoq muddati yana uzaytirildi.

Murod Jo‘rayev O‘zbekistonda eng uzoq muddat tutqunlikda bo‘lgan siyosiy mahbusdir.

U 1994 yilda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib qamalgan.

Xalqaro jurnalistlar qo‘mitasi tarafidan "shu kunda eng uzoq qamoqda qolayotgan jurnalist" sifatida qayd qilingan Muhammad Bekjonga ham amnistiya qo‘llanmadi.
XS
SM
MD
LG