Линклар

O‘zbektelekom hissadorlik shirkati 2013 yil 30 yanvardan boshlab provayderlarga 1 Mbit/s Internet narxini (tashqi kanal) 409,44 AQSh dollariga tushirdi.

12news.uz saytiga ko‘ra, 2012 yilda O‘zbekistonda Inernet narxi yetti marta kamaytirilgan. O‘tgan yilning yanvar oyida 1 Mbit/s kanal narxi 500 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, noyabr oyida 422 dollargacha kamaygan edi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 2012 yilda o‘zbekistonlik Internet foydalanuvchilar soni 11 foizga o‘zib, 9,8 millionga yetgan.
XS
SM
MD
LG