Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:11

Bishkek markazida bir ayol o‘ziga o‘t qo‘ydi


31 yanvar kuni Qirg‘iziston parlamenti binosi oldida Jiparqan O‘murova ismli ayol o‘g‘lining nohaq qamalganiga norozilik bildirib, o‘ziga-o‘zi o‘t qo‘ydi.

Baxtli tasadif tufayli olov militsiya xodimlari tarafidan tezda o‘chirildi va ayol tez tibbiy yordam xizmati mashinasida kasalxonaga olib ketildi.

O‘ziga benzin yordamida o‘t qo‘yishidan oldin 51 yoshli Jiparqan O‘murova Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmati muxbirlari bilan suhbatlashib, Bishkekka Norin viloyatidan kelgani, qamalgan o‘g‘lining ishi bo‘yicha adolat izlayotganini gapirdi.

O‘murovaning o‘g‘li birovni guruh bo‘lib do‘pposlashda qatnashganlikda ayblangan. Uning iddao qilishicha, Norin shahar sudi uni dalillar yo‘qligi tufayli oqlaganiga qaramasdan, viloyat sudi 13 yilga qamagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘ziga o‘t qo‘ygan ayol 2-3 darajadagi ko‘yish bilan Bishkek shahridagi Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markaziga yotqizilganini ma‘lum qildi.

Bishkek markazida bir ayol o‘ziga o‘t qo‘ydi
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:07 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG