Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:36

Futbol: "Anji" klubi Villian bilan 35 million yevrolik shartnoma imzoladi


Rossiyaning "Anji" (Maxachqal'a) futbol klubi braziliyalik 24 yoshli yarim himoyachi Villian bilan 35 million yevrolik shartnoma imzoladi.

Besh yarim yildan beri Donetskning "Shaxtyor" klubida to‘p surib kelgan Villian "Anji" jamoasida 10 raqamda o‘ynaydi.

Gus Hiddink Bosh murabbiy bo‘lgan "Anji" klubida kamerunlik hujumchi Samyuel Eto’O va braziliyalik Roberto Karlos ham bor.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a‘zosi Odil Ahmedov Anjida bir necha yildan beri yarim himoyachi sifatida to‘p surmoqda.

Rossiya chempionatida Anji klubi 19 ta o‘yindan keyin 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni 43 ochko bilan SSKA klubi egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG