Линклар

logo-print

Hakerlar "Nasaf" jamoasini Mars sayyorasiga "jo'natdi"


Hakerlar 4 fevral kuni Turkiyaga uchib ketgan "Nasaf" futbol klubi o'yinchilarini Marsga "jo'natdi".

Hakerlar 4 fevral kuni Turkiyaga uchib ketgan "Nasaf" futbol klubi o'yinchilarini Marsga "jo'natdi".

O'zbekistonning futbolga oid yangiliklarni berib boruvchi "Interfutbol" gazetasi veb-sahifasi hakerlar hujumiga uchradi. Hujum 30 yanvar kuni O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi veb-saytini vaqtincha ishdan chiqargan Clone-Security hakerlar guruhi tarafidan uyushtirilgan.

"Interfutbol" gazetasi sayti buzilgani haqida hakerlar guruhi o'z Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.


Hakerlar gazeta saytida chop etilgan qator xabarlar sarlavhalari va matnlarini o'zgartirgan. O'zgartirilgan xabarlardan birida 4 fevral kuni Turkiyaga uchib ketgan "Nasaf" jamoasi o'yinchilarini Toshkent-Mars havo yo'nalishida Mars sayyorasiga yo'l olgani aytilsa, yana birida "Barselona" jamoasi "Paxtakor" ustidan 895:1 hisobida g'alaba qozongani aytiladi.

"Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor" klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi - tahr.) buni ko'tara olmay, "Barselona" jamoasiga murabbiylikka o'tib ketdi," deb yozilgan edi hakerlar xabarida.

Ayni damda gazeta veb-saytidan o'zgartirilgan xabarlarning ko'pi olib tashlangan.

Close-Security hakerlar guruhi nima sababdan 17 ming tirajli "Interfutbol" gazetasi veb-sahifasiga hujum uyushtirganini ochiqlamadi.

MTRK saytiga qilingan hujum "Antilag'mon" operatsiyasi deya nomlanib, “Milliy teleradiokompaniya xalqqa tarqatayotgan axborotlar yolg‘on axborotdir!” shiori ostida o‘tkazilgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG