Линклар

"Xalq qanday yashayotganini bilmoqchi bo‘lsang¸ bozorini borib ko‘r" degan gap bor.

Bugungi kunda O‘zbekistonda bozor kechagi o‘qituvchi¸ bog‘cha tarbiyachisi¸ injener va bugungi kollej bitiruvchilarini o‘z ichiga olgan ish joyi.

Qo‘yliq va Chorsu bozorlarida mahsulotlar boshqa joylarga qaraganda arzon va bu yerdan Xitoyning arzon mahsulotlarini ham topish mumkin.

Bu bozorlarda "Elga xizmat" nomi ostida savdo qiladigan rastalar bor. Bu yerda 13 ming so‘mga ham go‘sht olsa bo‘ladi. Bu shahardagi eng arzon narx.

Lekin bozorlarning go‘sht rastalarida bir kilo et 16 ming so‘mdan boshlanadi.

Ayni paytda supermarketlarda go‘shtning lahm joyi 22-24 ming so‘mdan.

Shakar 3300 so‘m¸ novvot 5000 so‘m.

Yaxshi patir 4000 so‘m.

Bugungi kunda ë bozor asosiy savdo markaziga aylangan, yoki har qanday o‘zbekistonlik ham bozor-o‘charini supermarketdan qilishga qurbi yetmaydi.

Viloyatlardan kelganlar ham ko‘pchilik.

Ba‘zan militsionerlarning ruxsat berilmagan joyda savdo qilayotgan ayollarni haydayotganini ko‘rish mumkin.

Sayyor yoymachilar meva¸ sigaret va boshqa mahsulotlarni ulgurji savdo markazlaridan olishadi va bozorda o‘tirib sotishadi.

Ikkala bozor yonida ham mardikorlar bozori bor. Bu "mehnat birjalari"da keyingi yillarda ayollar ham paydo bo‘ldi.

Bitta xo‘roz 35-40 mingdan atrofida turadi.

XS
SM
MD
LG