Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:17

Sirg‘ali mashina bozorida dollarga savdo qilganlar ushlandi


Avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir necha savdogar va Sirg‘ali ixtisoslashgan bozori ma‘muriyati, hukumat joyri qilgan taqiqqa qaramay shanba-yakshanba kungi bozorda mashinasini AQSh dollarida sotayotgan 4 kishi qo‘lga olingani boshqalarga saboq bo‘lganini aytmoqdalar.

Sirg‘alidagi mashina bozorida 4 kishining hibsga olingani haqidagi xabarni toshkentlik mashinafurushlardan biri Ozodlik bilan suhbatda tasdiqladi. Shundan keyin bozorga mashinasini sotgani chiqqanlar "tavba qilishib", faqatgina so‘mga sotamizga o‘tib olshdi, deydi suhbatdoshimiz.

- 1 fevraldan boshlab faqat o‘zbek so‘miga savdo bo‘layapti. Dollarga umuman sotilmaydi hech narsa. O‘tgan hafta dollarga sotish bo‘ldi, lekin bu o‘zini olovga otish bilan barobarda. O‘tgan bozor bozorda edim, to‘rt kishining mazasi qochdi. Hamma shov-shuv, dov-duv bo‘lib ketdi. Keyin bizam o‘tirdik so‘mda sotamiz, so‘mda, deb,- deydi toshkentlik suhbatdosh.

10 million o‘zbek so‘miga baholangan va Sirg‘ali avtomobil bozorida qolgan mashinasini ham faqat o‘zbek so‘miga sotajagini qo‘shimcha qildi suhbatdoshimiz.

Sirg‘ali bozoridagi mashinafurushlardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar bemalol AQSh dollarida savdo qilgan va 3 fevral kuni hibsga olingan 4 kishi qisqa muddatdan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

“Ular bir necha soat ichida qo‘yvorildi uje. Ba‘zilari shu bozordan chiqmasdan hal qildi uje problemasini. O‘zi hamma dollarda sotib yotuvdi, birdan bosti-bosti bo‘lib ketdi. Keyin hammamiz birdan so‘mga o‘tdik, mashinalardagi qog‘ozlarni srazu almashtirdik. Endi tolьko so‘mda sotamiz, boshqa gap yo‘q”, dedi Ozodlikka mikrofonsiz so‘zlagan Lasetti avtomobili sotuvchilaridan biri.

Hozircha Sirg‘ali avtomobil bozorida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qisqa muddatga hibsga olingan 4 kishining shaxsiga oid ma‘lumotlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lmadik.

"Sirg‘ali ixtisoslashgan bozori" ma‘muriyatining o‘zini tanishtirmagan xodimi ham 3 fevral kuni bozorda bir necha kishi hibsga olinganini tasdiqlar ekan, yakshanba kungi bozordan boshlab avtomobillarni AQSh dollari yoki boshqa xorijiy valyutada sotish mutlaqo imkonsiz bo‘lib qolganini aytdi.

Dollarda xarid qilish uchun avtomobil qidirib bozor ma‘muriyatiga bog‘langan xaridorlar esa mashinafurushlarning o‘ziga yo‘llanmoqda.

- Kelib, o‘zingiz ko‘rasizda endi. Avtomobillarga mashinafurushlarning telefonlari yozilgan. Kelib ko‘ring,- dedi bozor ma‘muriyatining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

O‘zbekistonda 1 fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga naqd ko‘rinishda xorijiy valyuta ayirboshlash taqiqlangan va xorijiy valyutani banklar orqali fuqarolarning plastik kartochkalariga o‘tkazib berish tartibi ishga tushgan.

5 fevral kungi ma‘lumotlarga ko‘ra, ana shu tartib ortidan Toshkentdagi avtomobil bozorlarida ham oldi-sotdining surati pasaygan.

Yangi tartibga binoan dollar xarid qilishni istovchilar istalgan tijorat bankiga borib o‘zbek so‘mini AQSh dollariga aylantirishi mumkin, faqat xorijiy valyuta qo‘lga berilmasdan plastik kartochkaga o‘tkazib berilmoqda.

Markaziy Bank rasmiylari 1 fevraldan kuchga kirgan yangi tartibning o‘zbekistonliklar uchun qulay bo‘lishi, O‘zbekistondagi barcha tijorat banklari “VISA International”, “MasterCard” kabi xalqaro to‘lov tizimlarining to‘laqonli a‘zosi ekanini ta‘kidlab kelmoqda.
XS
SM
MD
LG