Линклар

Toshkent aeroportida 12,5 kilogramm quyma tillani noqonuniy olib o‘tishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

“XXI asr” nashrining xabar berishicha, Toshkent-Istambul yo‘nalishida parvoz qilayotgan uch nafar o‘zbekistonlik bu miqdordagi quyma tillani jomadonlarining yashirin qismida olib o‘tishga harakat qilgan.

Rasmiy ma‘lumotda aytilishicha, 2012 yilda tilla buyumlarini olib o‘tish bilan bog‘liq 37 ta qonunbuzarlik aniqlangan, bojxonalarda 34 kilogramm tilla va zargarlik buyumlari ushlab qolingan.
XS
SM
MD
LG