Линклар

O‘zbekiston aholisi soni 2013 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra, 29 million 994 ming kishiga yetgan.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, 2012 yilda mamlakat aholisi soni 1,5 foizga, ya‘ni 439 ming 200 kishiga ko‘paygan.

Statistika qo‘mitasi 15 million 315 ming o‘zbekistonlik, ya‘ni mamlakat aholisining 51,1 foizi shaharlarda yashashini bildirgan. Qishloq aholisi soni 14 million 679 ming kishini yoki 48,9 foizni tashkil etmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2012 yilda tug‘ilish koyeffitsiyenti 21 promilleni tashkil etgan, bu 2011 yilgi ko‘rsatgichga qaraganda 0,2 promillega kamdir.

O‘lim koyeffitsiyenti esa 4,9 promilleni tashkil etgan.

2012 yilda O‘zbekistonda 299,1 mingta nikoh va 17,9 mingta ajralish qayd etilgan. Ajralishlarning eng katta qismi Toshkent va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
XS
SM
MD
LG