Линклар

logo-print
Dastlab saytning bosh sahifasida "CLONE-SECURITY tomonidan hujum qilindi, biz irqchilikka qarshimiz" degan yozuv paydo bo‘ldi. Keyin sayt texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha yopib qo‘yilgani e‘lon qilindi.

20 fevral oqshomida saytga qilingan hujum uchun mas‘uliyatni zimmasiga olgan CLONE-SECURITY xakerlar guruhi, Ozodlik bilan bog‘lanib, qirg‘iz hukumatining irqchilik siyosatiga qarshi norozilik tariqasida bu amalga qo‘l urganini ma‘lum qildi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratib kelayotgan tulpor rasmi bilan to‘sib qo‘yildi. Rasmning bir qismida O‘zbekiston gerbidagi "Humo qushi" ham aks etgan. Blok qilingan sayt markazidagi tugmacha bosilganida fojeaviy ohangdagi musiqa yangraydi.

Rasm markazida kiber-hujum CLONE-SECURITY guruhi tomonidan uyushtirilgani va "biz irqchilikka qarshimiz" deya lotin ilmlosida yozib qo‘yilgan.

Hakerlar vakilining Ozodlikka aytishicha, mazkur aktsiya 2010 yilgi O‘sh voqealari va undan keyin Qirg‘izistonda "etnik o‘zbeklarga nisbatan kamsitish holatlariga" norozilik o‘laroq uyushtirilgan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiylari xakerlik hujumi yuzasidan hozircha izoh berishmadi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Jo‘raboy Abduraimov, idora Internet saytiga hujum qilinganini tan oldi.

- Bizga katta zarba bo‘lgani yo‘q. Lekin, haqiqatan, haker hujumi uyushtirilgani aniq. Bundan 10 kun avval hukumatning rasmiy Internet saytiga ham shunday hujum qilingan edi, dedi Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili.

CLONE-SECURITY guruhi vakillari 20 fevral kungi haker huruji aktsiyasi doirasida Qirg‘iziston hukumat idoralariga doir yana bir qator Internet saytlariga ham hujum qilingan.

Bu guruh shu paytgacha O‘zbekiston ichkarisidagi saytlar, asosan hukumatga qarashli Internet portallariga hujum qilib kelayotgan edi.

2011 yilda tuzilgani aytilayotgan guruh O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy teleradiokompaniya saytlariga hamla qildi.

Guruh vakillarining Ozodlikka aytishicha, ular O‘zbekiston Islomiy harakatiga qarashli saytga ham hujum qilishgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG