Линклар

Futbol: Sanjar Tursunov "Lokomotiv" klubiga o‘tdi


Sanjar Tursunov (17) futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida.

Sanjar Tursunov (17) futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida.

O‘zbekistonning 2012 yildagi “eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Sanjar Tursunov Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubiga o‘tdi.

So‘nggi mavsumni Tursunov Rossiya Premyer-Ligasining “Alaniya” klubida o‘tkazgan edi. “Alaniya”da u jami 22 o‘yin o‘tkazib, ularda bir gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

“Lokomotiv” klubi esa 2012 yilda O‘zbekiston chempionatining bronza medaliga egalik qilgan edi.

26 yoshli yarim himoyachi Sanjar Tursunov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yutuqlariga qo‘shgan hissasi uchun 2012 yilda O‘zbekistonning “eng yaxshi futbolchisi”, deb tanlangan.
XS
SM
MD
LG