Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:41

Toshkentda 4,5 ballik zilzila ro‘y berdi


Bugun, 22 fevral kuni Toshkentda mahalliy vaqt bilan 07:38 da zilzila sodir bo‘ldi.

"Toshkent" seysmostantsiyasi bergan dastlabki ma‘lumotga ko‘ra, zilzila magnitudasi 4-4,5 balga teng bo‘lgan va uning epimarkazi Guliston shahri shimoliga to‘g‘ri kelgan.

Yevropa-O‘rtayer dengizi Seysmologiya Markazi zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 13 kilometr g‘arbda, Qozog‘istonning Sariog‘och shahridan 13 kilometr janubda ro‘y bergani va uning kuchi 4,8 ballga teng bo‘lganini ma‘lum qildi.

Ayni damda zilziladan jabr ko‘rganlar haqida ma‘lumot yo‘q.

Zilzila haqidagi ilk ma‘lumot o‘zbekistonlik Tvitter foydalanuvchilari tarafidan chop etildi.
XS
SM
MD
LG