Линклар

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytiga o‘zlarini o‘zbekistonlik CLONE-SECURITY deb atagan xakerlar guruhi hujum qildi. Bu hujum Qirg‘iziston rasmiy doiralari va OAVlarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda yozgan qirg‘iz nashrlari hakerlik siyosiy kurash quroliga aylanganini e‘tirof qilishdi.

CLONE-SECURITY guruhi shu paytgacha O‘zbekiston ichkarisidagi saytlar, asosan hukumatga qarashli Internet portallariga hujum qilib kelayotgan edi.

2011 yilda tuzilgani aytilayotgan guruh O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy teleradiokompaniya saytlariga hamla qilgan.

Guruh vakillarining Ozodlikka aytishicha, ular O‘zbekiston Islomiy harakatiga qarashli saytga ham hujum qilishgan.

-Bizning pirovard maqsadimiz O‘zbekiston Islomiy harakati saytini tor-mor qilish¸deb ta‘kidlashdi o‘zlarini CLONE-SECURITY deb atagan guruh vakillari

Hakerlik nima?

Haker inglizcha hack — ya‘ni chopish¸boltalash kalimasidan olingan.

Informatsion texnologiyalar bo‘yicha favqulloda malakaga ega mutaxasis. Kompyuter sistemasini o‘ta chuqur biladigan shaxs.

Avval boshdan haker degan atama kompyuter dasturlarini tez va chapani tarzda tuzatib tashlaydigan programmistlarga nisbatan ishlatilgan.

Hack kalimasi xippilar jargonida parvarishlanib, dunyo lug‘atiga kirgan.

Xozir haker kalimasi kreker, ya‘ni buzg‘unchi ma‘nosida noto‘g‘ri ishlatiladi.

Hakerlar o‘z siyosiy simpatiya va antipatiyalariga ko‘ra harakat qilib kompyuter dasturlariga ataylabdan ziyon yetkazishadi.

AQSh va Yevropada hakerlik kiberjinoyat tarzida malakalandi.

Ozodlikning Qurultoy dasturida Hakerlik siyosiy kurash qurolimi yoki huquqbuzarlikmi degan savol javobini izladik.

XS
SM
MD
LG