Линклар

Tehron "dushman" uchqichi qo‘lga tushganini iddao qildi


2011 yil dekabr oyida Eron Afg‘onistonning g‘arbiy mintaqasida razvedka maqsadida parvoz qilgan Amerika uchqichini qo‘lga tushirgan edi.

2011 yil dekabr oyida Eron Afg‘onistonning g‘arbiy mintaqasida razvedka maqsadida parvoz qilgan Amerika uchqichini qo‘lga tushirgan edi.

Eronning Inqilob Posbonlari mamlakat janubida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda xorijiy pilotsiz uchqich qo‘lga tushirilganini iddao qildi.

G‘arb axborot agantliklari xabariga ko‘ra, Inqilob Posbonlari matbuot kotibi Eron havo hududida uchayotgani aniqlangan uchqich yerga qo‘ndirilganini aytgan.

Biroq u samolyot qaysi davlatga tegilshi ekanini oshkor qilmagan.

Eron AQShning bir nechta razvedka samolyoti qo‘lga tushirilganini iddao qilgan.

Shu oy boshida Qo‘shma Shtatlar Eronning Inqilob Posbonlari Fors Ko‘rfazida Amerikaga tegishli pilotsiz uchqichni qo‘lga tushirgani haqidagi iddaoni inkor qilgan.

2011 yil dekabr oyida Eron Afg‘onistonning g‘arbiy mintaqasida razvedka maqsadida parvoz qilgan Amerika uchqichini qo‘lga tushirgan edi.
XS
SM
MD
LG