Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:33

Eron hukumati "Argo" filmini tanqid qildi


Rasmiy Tehron Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan “Argo” filmini Eronga qarshi uyushtirilgan propaganda, deya tanqid qildi.

Aktyor va rejissyor Ben Aflek tarafidan suratga olingan “Argo” filmi yakshanba kuni Hollivudda o‘tgan Oskar haykalchalarini topshirish marosimida yilning eng yaxshi filmi, deb topilgan edi.

Bu filmda 1979 yilda Erondagi Islomiy inqilobdan keyin garovga olingan AQSh elchixonasidan qochib chiqqan amerikalik olti diplomat Kanada elchisi qarorgohida yashirinib olgani bilan bog‘liq voqealar hikoya qilingan.

Eronning Madaniyat va Islomiy yo‘nalish vaziri Muhammad Huseyniy "Argo" filmini Markaziy Razvedka Agentligini "reklama” qilish uchun suratga olinganini aytdi.
XS
SM
MD
LG