Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

O‘zbekiston: Stadionga yuzni bo‘yab kirish ta‘qiqlanadi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi muxlisi Qatarning Xalifa stadionida o'tgan O'zbekiston-Avstraliya o'yinida. 25 yanvar, 2010 yil.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi muxlisi Qatarning Xalifa stadionida o'tgan O'zbekiston-Avstraliya o'yinida. 25 yanvar, 2010 yil.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi “Futbol bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) o‘zini tutish qoidalarini tasdiqlash haqida” buyrug‘ini e‘lon qildi.

Hujjatda muxlislarning sport inshootlariga kirish va sport tadbirlarida qatnashishda turli qoidalarga amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Buyruqda muxlislarning stadionga nimalarni olib kirishi mumkinligi, qanday bayroq va plastik karnay-surnaylardan foydalanishi aniq belgilangan.

Vazirlik buyrug‘i sport tadbirlarini tomosha qilish uchun kelgan muxlislarning yuzini yoki tanasining boshqa qisimlarini bo‘yashini ta‘qiqlaydi.
XS
SM
MD
LG