Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:15

El-Klasiko: "Real" Ispaniya kubogi finalida


Madridning “Real” futbol klubi seshanba kuni Ispaniya kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Barselona” klubi ustidan mehmonda 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, “Real” musobaqa finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi hisobni 13-daqiqada penaltidan Krishtianu Ronaldu ochib berdi. 57-daqiqada Ronaldu o'yindagi ikkinchi golni kiritdi.

“Barselona” darvozasiga kiritilgan uchinchi golni 68-daqiqada “Real” himoyachisi Rafael Varan o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

“Barselona”ning "prestij goli"ga 89-daqiqada Xordi Alba mualliflik qildi.



Madridda o‘tgan yarim final dastlabki uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

Ispaniya kubogi yarim finalining ikkinchi juftligida bellashayotgan “Atletiko” va “Sevilya” jamoalari bugun, 27 fevral kuni bellashadi.
XS
SM
MD
LG