Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:48

Qozog‘istonda "Tablig‘i jamoat" harakati taqiqlandi


Ostona sudi Qozog‘iston hududida "Tablig‘i jamoat" xalqaro islomiy guruhi faoliyatini taqiqlash haqida qaror chiqardi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasining seshanba kuni ma‘lum qilishicha, ekstremistik tashkilot, deb topilgan bu guruhning bundan buyon mamlakatdagi har qanday harakati noqonuniy hisoblanadi.

Ammo, prokuratura mulozimlari guruhning aynan qaysi g‘oyalari ekstremistik, deb topilgani haqida biror ma‘lumot bermadi.

"Tablig‘i jamoat" harakati 1926 yilda Hindistonda paydo bo‘lgan va uning asl g‘oyasi "e‘tiqodni yoyish"dir.

Bu guruh harakatlari Rossiya, Tojikiston, O‘zbekistonda taqiqlangan. Xususan, o‘tgan yili Tojikistonda bu harakatga a‘zolikda ayblangan bir necha fuqaro 3 yildan 5 yilga qadar ozodlikdan mahrum etilgan.
XS
SM
MD
LG