Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:08

"Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshladi


O‘zbekistonning “Paxtakor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining 1-tur uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi bilan bellashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 73-daqiqadasida kiritilgan yagona golga zahiradan maydonga tushgan Temurxo‘ja Abduholiqov mualliflik qildi.

Murosasiz kechgan o‘yin Toshkentning “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tdi.

12 martga belgilangan musobaqa ikkinchi turida “Paxtakor” jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash-Shabab” klubi mehmoni bo‘ladi.

Toshkentlik klub bellashayotgan “B” guruhining ikkinchi juftligi uchrashuvida Qatarning “Laxviya” klubi “Ash-Shabab” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
XS
SM
MD
LG