Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:06

Toshkent avtobuslari va tramvaylarida jetonlar qabul qilinadi


Joriy yilning 1 martidan e‘tiboran Toshkent jamoat avtobuslari va tramvaylarida yo‘l haqini maxsus jetonlar orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" shirkati ma‘lum qildi.

Bunday jetonlarni bir oylik yo‘l chiptalari sotiladigan punktlarda plastik kartochka yordamida mahsus terminallardan xarid qilish mumkin.

Ushbu chora orqali maoshining asosiy qismini plastik kartochkada oladigan fuqarolar uchun qulaylik yaratish ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu chora qaytim muammosi ham hal qilishi aytilmoqda.

Ayni paytda jamoat transportida yo‘l haqi 700 so‘mga teng bo‘lgani va 100 so‘mlik kupyura yetishmagani bois yo‘lovchilar ko‘p hollarda qaytimni to‘liq olisholmaydi.

Yangi jetonlar faqat Toshkent jamoat avtobuslari va tramvaylari uchun bo‘lib, metropoliten va marshrut taksilarida qabul qilinmaydi.
XS
SM
MD
LG