Линклар

O‘zbekistonning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining 1-tur uchrashuvida Yaponiyaning “Sanfrechche Hirosima” klubi bilan bellashdi.

Hirosima shahrida o‘tgan qiziqarli va murosasiz bahsda toshkentliklar 0:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindagi hisobni 45-daqiqada “qaldirg‘ochlar” tarkibiga yangi kelib qo‘shilgan Aleksandr Pishur ochib berdi.

“Bunyodkor”ning ikkinchi goliga esa uchrashuvning 87-daqiqasida Fozil Musayev mualliflik qildi.



Toshkentlik klub bellashayotgan “G” guruhining ikkinchi juftligi uchrashuvida Janubiy Koreyaning “Pohang Stilers” klubi Xitoyning “Beyjing Guoan” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

13 martga belgilangan musobaqa ikkinchi turida “Bunyodkor” jamoasi Toshkentda "Pohang Stilers" klubini qabul qiladi.
XS
SM
MD
LG