Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:01

Millioner Tito Marsga uchadigan sayyohlar uchun pul to‘lamoqchi


Amerikalik multi-millioner Denis Tito Marsga uchiriladigan ilk sayyohlar juftligi uchun pul to‘lashga roziligini bildirdi.

72 yashar millionerning o‘zi 2001 yilda 20 million AQSh dollari to‘lab, fazoga uchgan hamda yer yuzidagi birinchi fazogir sayyoh bo‘lgan edi.

Endilikda u kelajak avlodlarni fazo sayyohligiga undash uchun Marsga ilk sayyohlar parvoziga ketadigan harajatni zimmasiga olganini aytmoqda.

Uning rejasiga ko‘ra, 2018 yilga borib Marsga yo‘llanadigan kemada bir ayol va erkak sayyoh 501 kunlik sayohatga yo‘l oladi. Millioner bunda bir-biri bilan yaxshi yashagan oilaviy juftlik tanlanishini afzal ko‘rmoqda.

Sayyohlar Marsga uchib boradi, ammo qizil sayyoraga qo‘nmasdan yana ortga qaytadi.

Hozircha Tito bu parvoz uchun qancha mablag‘ sarflanishini aytgani yo‘q. Ammo ekspertlar taxminicha, bu yerda gap 1 yarim milliarddan 2 milliard AQSh dollarigacha bo‘lgan harajat haqida bormoqda.
XS
SM
MD
LG