Линклар

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib Interfax agentligining xabar qilishicha, Namanganda 11 kishi jihodchilikda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilingan.

Agentlik xabarida bu shaxslarga konstitutsion tuzumni ag‘darishga urinish, diniy va milliy nizolarni qo‘zg‘ash kabi diniy motivdagi ayblovlar qo‘yilgani aytilgan.

Xabarga ko‘ra, sudlanganlarga 5 yildan 12 yilga qadar qamoq jazolari berilgan.

Ozodlik bu xabar tafsilotlarni aniqlashga urinmoqda.
XS
SM
MD
LG